Eronning Isfahon shahrida ayollar hijobni noto‘g‘ri o‘rayapti, deb hisoblaydiganlar tomonidan ularga kislotasifat moddalar bilan hujum qilishi holatlari kuzatilmoqda, deb xabar berdi The Daily Beast.
Jinoyatchilarning qurbonlari odatda avtomobil boshqarayotgan ayollar bo‘lmoqda. Ularning yoniga mototsiklda kelib, yuzlariga kislotasifat moddalar sepib ketilgan. Butun Eron bo‘ylab o‘ndan ortiq shunday holatlar kuzatilgan, Isfahonda esa ko‘z jarohati bilan olti ayol shifoxonaga murojaat qilgan.
Aksiya ko‘proq qo‘rqituvchi xarakterga ega. Ayollarga aynan kuydiruvchi kislota emas, balki suv va yuvish vositalari aralashmasi sepilgan. Buning xavflilik darajasi pastroq, lekin baribir ta’sirga ega, deyiladi xabarda.
Odatda shariat qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqiradigan Islom inqilobi soqchilari korpusi komandiri Akbar Pokzod ayollarga qilinayotgan hujumlarni keskin qoralab, na din, na shariat qoidalari bunday qilmishlarni yoqlamasligini va jinoyatchilar qattiq jazoga tortilishi lozimligini ta’kidlagan.
Izoh (0)