O‘zbekistonda Tojikistondan kelayotgan katta miqdordagi giyohvand moddalar yo‘liga to‘siq qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi matbuot xizmatiga asoslanib UzDaily xabar bermoqda.
O‘zbekistonlik chegarachilar 15-oktabr kuni Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Chep aholi punktida og‘irligi 24 kilogramm bo‘lgan katta miqdordagi giyohvand moddalarni qo‘lga tushirgan.
Qo‘mita matbuot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)