14-oktabr kuni o‘tkazilgan BAA — O‘zbekiston (0:4) uchrashuvidan so‘ng, mezbonlar bosh murabbiyi Mahdi Ali bahs haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deb xabar bermoqda Championat.asia.
“Bugun biz o‘ynamadik, deya olmayman, shunchaki O‘zbekiston o‘z darajasidagi o‘yinni namoyish etdi. Biz bilan o‘yinlarda ulardan doim omad yuz o‘girib kelayotgan edi. Bugun raqiblarimiz safida harakat qilgan futbolchilar o‘zlariga bildirilgan ishonchni to‘liq oqladi.
Aslini olganda ular nima uchun Qatar va Bahraynni yuta olmaganliklarini tushuna olmadim, balki moslashish jarayoni sababdir. Menga ko‘proq Odil Ahmedov va himoya markazidagi Anzur Ismoilovning o‘yinlari yoqdi. Aziz Haydarovni men aytib o‘tirmayman, barchangiz bilasiz.
Bu o‘yin bilan hayot to‘xtab qolmaydi, endi keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rgan holda Osiyo Kubogida munosib ishtirok etishga harakat qilamiz”, — dedi Mahdi Ali o‘yindan so‘ng.
Izoh (0)