Rossiya Federal soliq xizmatining Chelyabinsk viloyati boshqarmasi boshlig‘i Aleksandr Putinga qarshi “o‘ta katta miqdorda pora olish” aybi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda “MK-Chelyabinsk”.
Amaldorning ish kabinetida va uyida tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning so‘zlariga ko‘ra, Putin Chelyabinsk shahri dumasi deputati Sergey Novojilovdan o‘z uyini ta’mirlab berilish ko‘rinishida 1,5 million rublga yaqin pora olgan.
Aleksandr Putin evaziga “Arxitektura va qurilish” firmasiga viloyat soliq idoralari binolarini ta’mirlash uchun tanlovda g‘oliblikni kafolatlagan. Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, Novojilov ham “o‘ta katta miqdorda pora berish” aybi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Aleksandr Putinning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qarindoshligi bor-yo‘qligi haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)