Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli FIDE Gran-Prisi davom etmoqda. 13-oktabr kuni musobaqada 10-tur partiyalari o‘ynaldi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
O‘zbekiston vakili rossiyalik Alenksandr Grishchukka qarshi oq donalarda harakat qilishiga qaramay, 33-yurishdan keyin mag‘lubiyatni tan olishga majbur bo‘ldi. Bundan avvalroq Qosimjonov amerikalik Xikaru Nakamuraga 23-yurishdan keyin mag‘lub bo‘lgan edi.
Ketma-ket ikki mag‘lubiyat o‘zbekistonlik shaxmatchini so‘nggi 11-tur oldidan 4,5 ochko bilan 9-o‘ringa pastlashiga sabab bo‘ldi.
11-turda Qosimjonov o‘zi singari 4,5 ochkoga ega bo‘lib turgan ozarbayjonlik Shaxriyar Mamadiyarov bilan munosabatlariga oydinlik kiritadi.
FIDE Gran-prisi. 1-bosqich
10-tur natijalari:
Gelfand — Rajabov 1-0, Dominges — Karuana 0-1, Qosimjonov — Grishchuk 0-1, Tomashevskiy — Andreykin 1-0, Karyakin — Svidler hamda Nakamura — Mamadiyarov partiyalarida durang qayd etildi.
Turnir jadvalidagi holat:
1-2. Karuana, Gelfand — 6 tadan;
3-6. Nakamura, Karyakin, Svidler, Tomashevskiy — 5,5 tadan;
7-8. Rajabov, Grishchuk — 5 tadan;
9-10. Qosimjonov, Mamadiyarov — 4,5 tadan;
11. Andreykin — 4;
12. Dominges — 3.
Izoh (0)