Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Britaniya parlamenti Falastin davlatchiligini e’tirof etuvchi rezolyutsiya uchun ovoz berdi, deb yozadi “TASS”. Vazirlar Mahkamasiga tavsiya shaklida bo‘lgan hujjat majburiy xususiyatga ega emas.

Arxiv. Foto: “TASS”

Arxiv. Foto: “TASS”

Jamoatchilik palatasining rezolyutsiyasi Britaniya hukumatini “Falastin davlatini Isroil davlati bilan bir qatorda tan olish”ga chaqiradi. Hujjatda aytilishicha, bunday qadam Yaqin Sharq muammosini hal qilish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatiga hissa qo‘shadi.

Ko‘plab britaniyalik siyosatchilar davlatchilikning tan olinishi falastinliklar Isroilga nisbatan pozitsiyasini qat’iylashtirishiga turtki bo‘lishi mumkinligidan xavfsiramoqda.

Ovoz berishdan so‘ng Britaniya tashqi ishlar vazirining Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Tobias Ellvud Britaniya hukumat Falastin davlatini “zarur vaqtda” tan olishini ma’lum qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak