“Pulkovo” aeroportining qo‘nish hududidan chiqish joyida yo‘lovchi qizlardan birini oq ot mingan ritsar kiyimidagi yigit kutib olib, uning qo‘lini so‘ragan. Bu haqda “Peterburgskiy dnevnik” xabar bermoqda.
“‘Pulkovo’ aeroportidagi eng g‘ayrioddiy yurak izhori. Bu biz ko‘rgan eng noodatiy va romantik izhor bo‘ldi. Ritsar ‘Pulkovo’ aeroportiga kelib, xonimning qo‘lini so‘radi va u rozi bo‘ldi! Sizga baxt va muhabbat tilaymiz!”, − deyiladi aeroport matbuot xizmatining Facebook’dagi sahifasida.
“Ritsar”ning so‘zlariga ko‘ra, qiz oq ot mingan ritsar haqida orzu qilgani sababli u shunday usulda qo‘lini so‘ragan. Tarixiy restavratsiya bilan shug‘ullanuvchi bu yigit uchun obrazni yaratish katta qiyinchilik tug‘dirmagan.
Ma’lumot uchun, “Pulkovo” aeroporti Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri uchun xizmat qiladi.
Izoh (0)