Yaqindagina HTC kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilishi tasdiqlangan yangi Nexus 9 planshetlari 15-oktabr kuni taqdim etiladi va 3-noyabrdan sotila boshlanadi. Bu haqda Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Taxminlarga ko‘ra, Nexus 9 planshetida 9 dyuym 2560×1600 pikselli Quad HD displey, Nvidia Tegra K1 protsessori o‘rnatiladi. Ammo protsessor 32 bit, to‘rt yadroli yoki ikki yadro, 64 bitli bo‘lishi haqida ma’lumot berilmagan.
Nvidia blogida esa, yangi Android L operatsion tizimi uchun 64 bitli protsessor ustida ishlamoqdamiz, deb yozilgan bitik bor. Bundan taxmin qilish mumkinki, yangi Nexus 9 planshetida 64 bitli protsesor o‘rnatiladi.
Shuningdek, rasman tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra yangi Nexus plansheti 399 dollardan sotiladi.
Izoh (0)