Turmush qurishga va farzand ko‘rishga shoshilmayotganini bir necha marta ta’kidlagan Gollivud aktrisasi Kameron Diaz ketma-ket ikkita tadbirga barmog‘ida uzuk bilan tashrif buyurgan, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
Olmoslar bilan bezatilgan taqinchoqni unga mahbubi Benji Medden sovg‘a qilgan bo‘lib, ushbu uzuk shunchaki chiroyli bezak emas, balki unashtirish belgisi hamdir. Ularning munosabatlari iyun oyidayoq hammaga ma’lum bo‘lgan edi: 41 yoshli aktrisa va Good Charlotte guruhining 35 yoshli a’zosi butun yozni birgalikda, goh kechki Beverli-Xillzda aylanib, goh O‘rtayer dengizidagi yaxtasida dam olib o‘tkazgan.
Diaz Benji Medden bilan uning akasi Joel Meddenga turmushga chiqqan dugonasi Nikol Richchi orqali tanishgan. Bungacha Kameronda qo‘shiqchi Jastin Timberleyk, beysbolchi Aleks Rodriges hamda 30 seconds to Mars guruhi solisti Jared Leto bilan jiddiy munosabatlar bo‘lgan.
Izoh (0)