Koreya Respublikasi Sohil qo‘riqlash xizmati ofitseri Xitoy baliqchilik kemasi kapitanini otib qo‘ydi. Bu haqda “TASS” agentligi xabar bermoqda.
Mokpxo shahri sohil himoyasi shtabi vakilining so‘zlariga ko‘ra, voqea mamlakatning janubi-g‘arbiy sohilida, Cholla-Pukto provinsiyasining Puan uyezdi tarkibidagi Vandindo oroli yaqinida noqonuniy baliq ovi bilan shug‘ullangan qoidabuzarlarni tekshirishga urinish vaqtida sodir bo‘lgan.
45 yoshli kapitan Mokpxo shahridagi shifoxonaga olib borilgan va o‘sha yerda vafot etgan. Hozirda o‘limga olib kelgan sabablar o‘rganilmoqda. Kema ekipaji tekshiruvga xalal berishga uringani uchun chegarachilar tomonidan qurol ishlatishga to‘g‘ri kelgani ma’lum qilingan.
Izoh (0)