Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Xitoyning Eksimbanki 2014-yil oxirigacha O‘zbekiston hukumatiga “Navoiyazot” AJ bazasida polivinilxlorid (PVX) chiqarish bo‘yicha kimyoviy majmua qurish uchun 300 million dollar miqdorida kredit taqdim etadi. Bu haqda korxona vakiliga tayanib “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: UzReport

Foto: UzReport

Ma’lum bo‘lishicha, kredit shartlari kelishib olingan, mablag‘ noyabr—dekabr oylarida ajratilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avgustda Xitoyning China CAMC Engineering Co Ltd kompaniyasi “Navoiyazot” AJ bazasida polivinilxlorid ishlab chiqarish bo‘yicha 439,8 million dollarlik kimyo majmuasini qurishi xabar berilgan edi.

Xitoy kompaniyasi kelishuv doirasida ishlab chiqarish quvvati yiliga 100 ming tonna PVX, 75 ming tonna kaustik soda va 300 ming tonna metanolga teng majmuani tayyor holda topshiradi. Loyihani amalga oshirish muddati 36 oy.

Umumiy qiymati 501,1 million dollarga teng loyiha chet el kreditlari va o‘zbek tomoni mablag‘lari tomonidan moliyalashtiriladi.

“Navoiyazot” O‘zbekistondagi eng yirik kimyoviy korxona bo‘lib, 1964-yilda ishga tushirilgan. Zavod azot o‘g‘itlar, nitron tola va boshqalar ishlab chiqarishga ixisoslashgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Vaqtingizga achinmaysiz: So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi multfilmlari (video)
Mahalliy
O‘zbekiston davlat xizmatlari sohasida qariyb 100 mingta qonunbuzilish holati aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda kuz-qish mavsumi oldidan suv tarmoqlarini sozlash ishlari qanday ketayotgani aytildi