Toshkent shahrida Lenovo kompaniyasining mashhur smartfonlaridan biri S860 sotila boshlandi. Bu haqda Mobinfo.uz ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Ushbu smartfonda 5,3 dyuym 1280×720 pikselli HD-displey, 1,3 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli MediaTek MT6582 hamda grafika uchun ikki yadroli ARM Mali-400MP protsessorlari, 2 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotira, 1,6 megapikselli old va 8 megapikselli orqa kamera, Android 4.2 Jelly Bean operatsion tizimi o‘rnatilgan.
Metal korpusli ushbu smartfonning dizaynini iPhone smartfonlariga ham o‘xshatish mumkin.Uning 4000 mA·soat quvvatga ega batareyasi ham ancha uzoq payt ishlay olishini alohida ta’kidlash zarur.
Uning o‘lchamlari 149,5×77×10,3 millimetrni, og‘irligi esa 192 grammni tashkil etadi. Toshkent shahridagi “Fleshka” savdo majmuasida ushbu smartfon 750–800 ming so‘m narxda sotilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yaqindagina 1,2 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli protsessor, 4,7 dyuymli HD-displey, 1 Gb tezkor xotira, 12 megapikselli orqa kamera o‘rnatilgan Lenovo S820 smartfoni O‘zbekistonda 700 ming so‘mdan sotila boshlangan edi.
Izoh (0)