London haqida gap ketganda ikki qavatli avtobuslar, Tower Bridge ko‘prigi va qizil rangli telefon qilish joylari ko‘z o‘ngimizdan o‘tadi. Endi esa qizil rangli telefon qilish joylari haqida unutishimiz mumkin. Chunki ular qatorida smartfonlarni quvvatlash uchun yashil rangli maxsus joylar ham o‘rnatilmoqda. Bu haqda Mail.Ru ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Ushbu joy Solarbox deb nomlangan bo‘lib, unda quyosh energiyasi to‘planadi va smartfonlarni quvvatlash uchun ishlatiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu joyda kuniga 100 ta smartfonni quvvatlash mumkin. Uning ichida smartfonni quvvatlash uchun simlar ham bor.
Solarbox’dan oltitasini shaharda o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Hozirda esa faqatgina bittasi o‘rnatilgan bo‘lib, undan soatiga olti kishi foydalanmoqda. 2015-yilning apreligacha esa yana beshta shunday joyni o‘rnatish ko‘zda tutilgan.
Loyiha reklama-roliklaridan moliyaviy foyda ko‘rishni mo‘ljallagan. Buning uchun Solarbox ichida displey o‘rnatilgan va unda har xil reklamalar ko‘rsatiladi.
Izoh (0)