Jorj Kluni o’zi bergan va’dasida turib, to‘ydan keyin yashash joyini o‘zgartirishga qaror qildi. Gollivud aktyori rafiqasi ishlaydigan shahar − Londonga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda “Segodnya” nashri xabar bermoqda.
Kluni avvalgidek dunyo bo‘ylab safarlar qilib, yangi filmlarda suratga tushaveradi, biroq uyga Londonga qaytadi. Juftlikka yaqin manbaning aniqlashtirishicha, aktyor rafiqasiga o‘zgacha sovg‘a tayyorlamoqchi bo‘lgan. Barcha takliflar ichidan uy sovg‘a qilish haqidagi fikr unga ma’qul kelgan. Uzoq izlanishlardan so‘ng, to‘yga yaqin qolganda, u Londondan bir soatlik yo‘lda joylashgan hashamatli uyni sotib olgan.
Klunining fikricha, osuda hududda joylashgan ushbu uy oilaviy hayot uchun to‘liq mos keladi. Bu yerda u bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanmoqchi. Jorj va Amal katta oila haqida orzu qilmoqda. Amal Alamuddin buning uchun o‘z ishini vaqtinchalik qurbon qilib, tez orada farzand dunyoga keltirishga va’da bergan.
Izoh (0)