• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12654.13
    • RUB161.18
    • EUR14817.99
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Arena.uz: Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi yoxud futbolimizda o‘zgarishlarni kutmang!

    So‘nggi vaqtlarda o‘zbek futboli turli tanqidlarga uchramoqda. Mazkur sohaga hukumat tomonidan katta e’tibor qaratilayotgan bir vaqtda futboldagi mag‘lubiyatlarning davom etayotgani muxlislarning ham, muxbirlarning ham noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Uff.uz saytida shunday jurnalistlardan birining tanqidiy fikrlari omma e’tiboriga taqdim etildi.

    Foto: thinkstockphotos.co.uk

    Foto: thinkstockphotos.co.uk

    Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi

    Xalqimizning ushbu maqoli bugungi o‘zbek futboliga juda mos tushadi. Nega? Bugun sizlar bilan shu haqida gaplashmoqchimiz. O‘ylaganlarimni tushuntirib berishga harakat qilaman.

    Xato va kamchiliklar uchun oldindan uzr so‘rayman. Biz futbolimizda jiddiy islohatlar olib borish shartligi haqida tinmay gapiryapmiz, gapiryapmiz, lekin o‘zgarishlar yo‘q. Sababi, biz gapiraverganimiz bilan mas’ul shaxslar qimirlamasa, bundan hech qanday naf yo‘q. O‘ylab qarasak, buning jiddiy sabablari bor ekan.

    Kelishilgan o‘yinlar doim bo‘lgan, bo‘laveradi ham, faqat...

    Faxriy futbolchilarimiz bilan gaplashib qolsak, kelishilgan o‘yinlar Sobiq Ittifoq davrida ham bo‘lganligini, ammo hozirgidan farqli ravishda o‘sha kezlarda odatda yuqoridan buyruq bo‘lsagina jamoa majburiy ravishda mag‘lubiyatga uchragan yoki hakamlar tomonidan “o‘ldirilgan” ekan. Mustaqillik yillarining dastlabki mavsumlari bilan hozirgisini ham solishtirib bo‘lmaydi. Chunki aytishlaricha, oxirgi besh-olti yilda bunday o‘yinlar soni juda ko‘payib ketgan. Hatto birinchi ligada ham.

    Vaholanki, hatto o‘n yillar muqaddam ham quyi ligamizda haqiqiy jang ketardi. Oliy ligamizda o‘sha paytlardayoq kelishuvlarning ko‘payish jarayoni boshlangandi. Hozir shunchaki sahnalashtirilgan janglarni ko‘ryapmiz. Shundan ko‘rinib turibdiki, kelishilgan o‘yinlar barcha davrlarda bo‘lgan, kerak bo‘lsa, barcha davlatlarda ham bor, faqat bunday uchrashuvlar sonini kamaytirish shart, chunki bu kabi illatlarni ildizi bilan qo‘porib tashlash juda mushkul. Buning uchun yillar kerak bo‘ladi, agar shunda ham uddalashning imkoni bo‘lsa?!

    Terma jamoamiz Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatsizlikka uchragach, kelishilgan o‘yinlar haqidagi gap-so‘zlar urchib ketdi. Oliy liganing deyarli har bir uchrashuvidan keyin murabbiylarga shu kabi ma’nodagi savollar berilmoqda. Kimdir umuman yo‘q desa, boshqasi bilmayman deb qutilmoqda. Vaholanki, kasbdoshlarim ham murabbiylardan bundan ortig‘ini kutayotgani yo‘q. Maqola yozishimga turtki bo‘lgan asosiy masala shuki, bir hafta muqaddam “Sport” telekanalining “Futbol sharhi” ko‘rsatuvida ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgan O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining futboldagi halollikka javobgar mas’ul kotibi Ahrol Inoyatov quyidagilarni gapirdi: “Internetlarda ham ko‘rdik, o‘qidik, eshitdik. Kelishilgan o‘yinlar haqida aytganlar isbotlab bersin. Isbotlab berishga kelganda isbotlab bera olmaydi”.

    Shu yerda bir savol tug‘iladi. Xo‘p, jurnalistlar kelishilgan o‘yinlarni isbotlab beradigan bo‘lsa, O‘FF qoshidagi bu qo‘mitaning nima keragi bor? Agar O‘zbekistonda kelishilgan o‘yinlar yo‘q deydigan bo‘lsak, qo‘mitani tashkil etishdan nima maqsad? Qani bu yerdan mantiq? Qaysi mamlakatda jurnalist bunday ishlarni ochib berganini ko‘rgansiz? Jurnalist muammoni ko‘rsatib beradi, uni yechish bilan tegishli idoralar va mas’ul shaxslar shug‘ullanadi. Nega yurtimizda hali ham OAVga hurmat ko‘zi bilan qarashmaydi? Buning sababi bitta? Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi. Agar jurnalistning gapini olib, kelishilgan o‘yinlar haqida tekshiruvlarni boshlashsa, o‘zlarini kursisi qimirlab qolishi mumkin. Nimani nazarda tutayotganligimizni tushungan bo‘lsangiz kerak.

    OAV bir necha yillardan buyon o‘zbek futboli muammolarini ko‘rsatib kelmoqda. Qani o‘zgarish? Oliy liganing saviyasini ko‘rib turibmiz, birinchi liga umuman esdan chiqib ketdi. Poydevorimiz bo‘lgan bolalar futboli rasmiyatchilik uchun o‘tkazilmoqda. Maktab rahbarlari mamlakatda o‘zi boshqarayotgan dargohning nomi chiqishi uchun murabbiylardan natija talab qilmoqda. Ular natijaga erishib, rahbarining olqishini olish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishlarni amalga oshiryapti. Xullas, hammasi insonlarning rivoji uchun, futbolning emas! Ya’ni, hamma issiq joyini sovutishdan qo‘rqadi!

    O‘FFda ish boshlagan bu qo‘mitadan tez orada jiddiy o‘zgarishlarni kutmang. Biz, ya’ni OAV xodimlari oldin ham aytganmiz, yana qaytaramiz, kelishilgan o‘yinlarni ochib, ustida turganlarni jazolash bo‘yicha hukumatimiz darajasida ish olib borilmasa, biz gapirganimizning ham, O‘FFda qo‘mita ish boshlaganing ham foydasi yo‘q. Hammasi qog‘ozda qolib ketaveradi. Oynai jahonga chiqib olib bong uradiganlar esa bemalol biz futbolni rivojlantiryapmiz, deb maqtanib yuraverishadi.

    Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Ahrol aka boshchilik qilayotgan qo‘mitadan jiddiy bir o‘zgarishni kutmang. Shaxsan men bunga ishonmayman. Haqiqat shuki, agar ular rasman O‘zbekistonda hech bo‘lmasa bittagina kelishilgan o‘yinni ochib berishsa, qolgani zanjir kabi bir-birini quvib ochaveradi. Tabiiyki, bundan ko‘pchilik aziyat chekadi. Aniqrog‘i, hozirda bizning qahramonlarga aylanib qolgan shaxslar jabrdiydaga aylanib qolishi mumkin.

    Kerak bo‘lsa, O‘FF yoki PFLning o‘zida ko‘plab shaxslar bu zanjirdan joy olish ehtimoli bor. Shunday ekan, futbolimizda katta o‘zgarishlar bo‘lishiga ishonish qiyin. Aytingchi, kim o‘z o‘rnini sovutishni istaydi? Hech kim! Hukumatimiz tomonidan futbolimizga katta sarmoya ajratilayotgan bir vaqtda tayyor pulni cho‘ntagiga solib, ishlatishdan osoni bormi?

    Furqatbek Nishonov

    07.10.2014, 21:34   Izoh (0)   10710
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Denis Istomin ATP yangi reytingida 9 pog‘ona ko‘tarilib, 51-o‘ringa chiqib oldi

    06.10.2014, 12:57

    WBA Chagayev — Ortis unvon uchun kurash bo‘yicha muzokaralarni boshlash majburiyatini yukladi

    03.10.2014, 14:11

    Incheon — 2014: O‘zbekistonlik yana bir bokschi kumush medalni qo‘lga kiritdi

    03.10.2014, 13:18

    Incheon — 2014: Bokschi Shahobiddin Zoirov O‘zbekiston hisobiga kumush medalni keltirdi

    03.10.2014, 10:50

    Incheon — 2014: Barno Mirzayeva karate bo‘yicha kumush medal sovrindori bo‘ldi

    03.10.2014, 10:44

    Incheon — 2014: Bokschi Oybek Mamazulunov bronza medalini yutib oldi

    02.10.2014, 12:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda timsohlar bilan o‘ralgan migrantlar lageri qurilmoqda (video)

    Dunyo | 30 iyun, 10:09

    UzChess Cup 2025. O‘zbekistonlik shaxmatchilar qancha pul ishlab oldi?

    Sport | 30 iyun, 09:55

    Sut, soda va kola: mashhurlar terini parvarishlashda foydalanadigan noodatiy vositalar

    Ayollar sahifasi | 30 iyun, 09:54

    Isroil G‘azo shimolidan aholini evakuatsiya qilishga buyruq berdi

    Dunyo | 30 iyun, 09:34

    O‘zbekiston aholisining qariyb 40 foizi pul jamg‘armagan — tadqiqot

    O‘zbekiston | 30 iyun, 09:20

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Bavariya” “Flamengo”dan ustun kelib, chorak finalga yo‘l oldi (video)

    Sport | 30 iyun, 09:02

    Izmirda o‘rmon yong‘inlari avj oldi, aholi evakuatsiya qilinmoqda (video, foto)

    Dunyo | 30 iyun, 08:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.