AQShning Immigratsion tadqiqotlar markazi mutaxassislari mamlakat aholisining beshdan bir qismi ingliz tili bo‘yicha tayanch bilimlarga ham ega emasligini aniqladi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Markaz tomonidan The Washington Post gazetasida chop etilgan hisobotda yozilishicha, ingliz tilida so‘zlashishni umuman bilmaydiganlar yoki yomon so‘zlashadiganlarning aksariyat qismini meksikaliklar, puerto-rikoliklar va xitoyliklar tashkil etadi. 30 yil oldin AQSh aholisining 10 foizi ingliz tilini bilmagan, biroq so‘nggi yillarda immigratsiya bilan bog‘liq vaziyatning o‘zgarishi bu ko‘rsatkichning oshishiga sabab bo‘lgan.
Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, Kolumbiya federal okrugida 20 foiz, Merilend shtatida 17 foiz, Virjiniyada 15 foiz, Nevadada 33 % va Texasda 35 % aholi ingliz tilida so‘zlashmaydi. AQShda yashab, faqat o‘z ona tilida so‘zlashadigan xorijliklar sonining oshishi Markaziy Amerika davlatlaridan bolalarning noqonuniy immigratsiyasi ko‘paygani bilan bog‘liqligi aytilgan.
Izoh (0)