Microsoft kompaniyasi smartfonlar batareyasini quvvatlash uchun foydalaniladigan gadjet ishlab chiqardi. Bu haqda Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Qurilma Microsoft DC-21 deb nomlanadi va u 6000 mA·soat quvvatga ega. Aytish mumkinki, ushbu quvvat ikkita odatiy smartfon batareyasini to‘liq quvvatlashga yetadi.
Ushbu qurilma to‘rt soat davomida bitta smartfon batareyasini to‘liq quvvatlay oladi. Smartfonlarni quvvatlash esa USB-kabel orqali amalga oshiriladi. Bu gadjet bilan Android, Windows Phone va USB-kabel ulash mumkin bo‘lgan boshqa qurilmalarning batareyasini quvvatlash mumkin.
Uning yaxshi tomoni shundaki, uni olti oy davomida sumkangizda olib yursangiz ham, undagi bor-yo‘g‘i 20 foiz quvvat yo‘qoladi. DC-21 gadjeti oktabr oyining oxiriga qadar 49 dollar narxda sotuvga chiqariladi. Gadjetning oq, och yashil va och sariq rangli turlari mavjud bo‘ladi.
Izoh (0)