Ozarbayjon poytaxti Bokuda o‘tkazilayotgan FIDE Gran-Prisining 1-turi Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti Kirsan Ilyumjinov va Ozarbayjon milliy federatsiyasi prezidenti Elman Rustamovning ikki juft shaxmatchilar taxtasida surgan timsoliy yurishi bilan boshlandi, deb xabar beradi 12news.uz.
1-tur bahslari doirasida ikki shaxmatchi g‘alaba qozongan bo‘lsa, to‘rt uchrashuvda, jumladan, Kuba shaxmatchisi Lenyer Dominges va Rustam Qosimjonov bahsida ham durang natija qayd etildi.
2-turdan o‘rin olgan uchrashuvda Rustam Qosimjonov ozarbayjonlik grossmeyster Teymur Rajabovga qarshi dona surib, bu safar ham durang o‘ynadi.
Ikki tur umumiy natijalari quyidagicha:
- 1—4: Karuana, Gelfand, Nakamura, Svidler — 1,5 ochkodan;
- 5—9: Grishchuk, Qosimjonov, Rajabov, Dominges, Tomashevskiy — 1 ochkodan;
- 10—11: Mamedyarov, Karyakin — 0,5 ochkodan;
- 12: Andreykin — 0 ochko.
Izoh (0)