Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga 2014-yil 9-iyuldan IATA a’zoligiga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi sertifikatni topshirdi, deb xabar bermoqda UzReport .
IATA va “O‘zbekiston havo yo‘llari” vakillarining uchrashuvi davomida Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasining Yevropa, Rossiya va MDH bo‘yicha vitse-prezidenti Rafael Shvartsman O‘zbekistonning fuqarolik aviatsiya sohasida ulkan salohiyatga egaligini e’tirof etib, parvozlar xavfsizligi bo‘yicha milliy aviakompaniya tajribasidan MDH doirasida foydalanish rejalashtirilayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, “O‘zbekiston havo yo‘llari” o‘quv-mashg‘ulot markazi asosida IATA sertifikatiga ega Trening markazini tashkil qilish tashabbusi ham o‘rganib chiqildi.
Izoh (0)