Mashhur aktrisa va qo‘shiqchilar Rianna, Jennifer Lourens va Kim Kardashyan behayo suratlarining internetda tarqalib ketishi ishi yuzasida Federal qidiruv byurosining tekshiruv natijalarini haligacha olmagach, endi Google kompaniyasi bilan sudlashmoqchi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
Yulduzlar Google’ni bu ishlarga ko’z yumganlikda ayblayapti. Ular suratlar joylashgan manzillar internetdan o‘chirib yuborilishi o‘rniga butun dunyoga tarqalib ketgani uchun aynan Google’ni aybdor deb hisoblamoqda.
Yulduzlar advokati kompaniya rahbarlarini o‘zini axloq qoidalari bo‘yicha tutmaganlikda ayblamoqda. Google egalari Sergey Brin va Larri Peyj yulduzlardan yetkazilgan ma’naviy zararning o‘rnini qoplash uchun 100 million dollar to‘lashlari kerak ekanligi haqida xat olgan.
Izoh (0)