LG’ning MP75 seriyasidagi yangi monitorlari barcha kerakli narsalarga ega bo‘lib, sifat, qulaylik va zamonaviylik orasidan birontasini tanlashga zarurat qoldirmaydi.
Dizayn
Yangi monitorlarning alohida farqi uning shaffof tagdoni zamonaviy dizaynda ishlanganidadir. Monitor tagdonida shaffof materiallardan foydalanish unga alohida nazokatli ko‘rinish berib, ekran havoda uchib yurgandek tasavvur uyg‘onishiga olib keladi. Displey ustida ishlashda ilg‘or Cinema Screen texnologiyasi qo‘llangan. Bu yo‘nalishdagi asosiy xususiyat nozik ramkalarga alohida e’tibor qaratilganidadir. Aynan shu narsa foydalanuvchiga video ko‘rishda, suratlar bilan ishlashda yoki kompyuter o‘yinlarida maksimal shinamlikni ta’minlaydi. Shuningdek, bunday displeyga qarash juda yoqimli bo‘ladi.
Unumdorlik
LG’ning MP75 seriyasidagi monitorlarida foydalaniladigan IPS matritsa tasvirning haqiqiy ranglarini biron-bir kamchiliksiz ko‘rish imkonini beradi. Tasvirning muntazam rang haroratini ushlab turish tabiiy tuslarini va ranglarning aynan mosligini kafolatlaydi. TN monitorlaridan farqli ravishda, IPS matritsa hozirjavobligi bilan tavsiflanadi. Bu esa kartinaning bir tekis almashishidan hamda dinamik sahnalar, masalan, sport ko‘rsatuvlarida va video o‘yinlarda ham yorqin va tiniq tasvirlardan rohatlanish imkonini beradi. Super+ Resolution texnologiyasi avval past yechimdagi kontentda tasvir sifatini yaxshi tomonga o‘zgartiradi.
IPS monitorlari tasvir ranglarining moslab tanlanganligi va rang harorati bo‘yicha chiqarilayotgan korxonada qattiq tekshiruvdan o‘tadi. Buning isboti sifatida aytish mumkinki, ranglarning aniq uzatilishiga zavoddagi ishlab chiqarish davrida erishilgan, qilingan ishlar haqidagi batafsil hisobot monitor bilan qo‘shib beriladi.
MP75 seriyasidagi monitorlarning yana bir kuchli tomoni foydalanuvchining ko‘zlari himoyasidir. Monitorga o‘qish uchun maxsus rejim kiritilgan bo‘lib, u bitta tugmachani bosish bilan ishga tushadi. U yoqilishi bilan ko‘k rangdan foydalanish pasaytiriladi, shuningdek, ko‘zlar uchun yana boshqa qulay sharoitlar yaratiladi. Bularning hammasi uzoq vaqt o‘qib ham charchamaslik imkonini beradi.
Shuningdek, monitorda sozlashning yangi texnologiyasi Flicker-Safe tagchiroqlari qo‘llanilgan bo‘lib, u ko‘z charchog‘ini chaqiruvchi pirillashlarni kamaytiradi. Shu tufayli, pirillashlar ko‘zni charchatishidan qo‘rqmasdan monitor oldida ko‘proq qolib ketish mumkin.
Bundan tashqari, LG SUPER Energy Saving energiyani tejovchi texnologiya odatdagi LED-monitorlarga nisbatan energiya sarflarini yanada pasaytirish imkonini beradi. Bunda tasvir sifati shubhasiz yuqoriligicha qolaveradi.
Qurilmadagi stereo dinamiklar esa ish joyini kattakon zil-zambil kolonkalardan bo‘shatishga yordam beradi. Mazkur dinamiklar film va o‘yinlarning eng nozik tovush ohanglarini ham baralla va aniq yetkazib beradi.
Izoh (0)