Gretsiya hukumati ishqibozning o‘limi tufayli mamlakat chempionatining 6-turi o‘yinlarini qoldirdi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
Gretsiya chempionati doirasidagi 3-divizion uchrashuvlarining birida ishqibozlar o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqdi va natijada 46 yoshli muxlis Kostas Katsulis olgan og‘ir jarohatlari tufayli vafot etdi.
O‘yinlar qoldirilishi bilan bog‘liq qaror Gretsiyaning basketbol va gandbol chempionatlariga ham qo‘llanildi.
Izoh (0)