28-sentabr holatiga ko‘ra, “Fleshka” savdo majmuasida 16 Gb xotirali iPhone 6 smartfoni 3 150 000 so‘mdan sotilmoqda. Bundan ko‘rish mumkinki, yangi iPhone 6 smartfoni bir haftada 2 400 000 so‘mga arzonlashgan, deya xabar bermoqda “Parol” nashri.
20-sentabr kuni Toshkent shahridagi “Fleshka” savdo majmuasida yangi iPhone 6 smartfonining 16 Gb ichki xotirali turi 5 550 000 so‘mdan sotila boshlangani haqida avval xabar berilgan edi.
Shuningdek, iPhone 6 smartfonining 64 Gb ichki xotiraga ega turi ham ushbu majmuada 4 000 000 so‘mdan sotila boshlangan. iPhone 6 smartfonlarining uch xil rangli turini ham sotuvda uchratish mumkin. Smartfonlar narxi esa rangiga qarab o‘zgarmaydi :)
O‘zbekistonda eng qimmat iPhone 6 Plus smartfoni esa 5 million so‘mdan sotilmoqda. iPhone 6 Plus smartfonlarining “Fleshka”dagi narxlari bilan “Parol” nashrining ushbu maqolasida tanishishingiz mumkin.
Izoh (0)