“Malaga” — “Barselona” uchrashuvini boshqarib borgan hakam Alexandro Ernandes “Malaga” himoyachisiga ko‘rsatilgan sariq kartochkani izohlab, bu vaziyatda Messi raqibini haqorat qilmaganini aytib o‘tdi. Bu haqda Stadion.uz xabar bermoqda.
Ayrim Ispaniya OAVlarida ma’lum qilinishicha, Ernandes bu haqda o‘yindan keyingi protokolda qayd qilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Malaga” himoyachisi Veligton “Barselona”ga qarshi kechgan Ispaniya chempionatining 5-tur o‘yinida argentinalik hujumchining yuziga tashlangan. O‘yindan keyin Veligton mazkur vaziyatga Messi uni haqorat qilganini aytib, izoh bergan.
Uchrashuv bosh hakami Alexandro Ernandes uchrashuvdan so‘ng, o‘z protokolida sodir bo‘lgan mazkur voqeani quyidagicha izohlaydi: “O‘yinning 82-daqiqasida Veligton raqibiga tashlangani va sportchilarga xos bo‘lmagan harakati uchun sariq kartochka oldi. Bu har bir o‘yinda bo‘lib turadigan holat. Messi raqibini haqorat qilmagan va uni so‘kmagan edi, bu oddiy epizoddir”.
Izoh (0)