Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATP) bayonotiga ko‘ra, 29-sentabr kuni Pekinda boshlanadigan China Open musobaqasida ishtirok etish uchun ariza berib, unda ishtirok etmagan sportchilar jazolanishi mumkin. Bu haqda Stadion.uz xabar bermoqda.
29-sentabr kuni boshlanadigan China Open musobaqasi Incheonda o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari bilan ustma-ust tushib qolgan. Osiyo o‘yinlarida qatnashib, Xitoydagi turnirda ishtirok etmagan sportchilarni moliyaviy jarima va uch yilgacha diskvalifikatsiya jazosi kutadi.
Aynan shu sabab tufayli o‘zbekistonlik Denis Istomin va Farrux Do‘stov, qozog‘istonlik Andrey Golubev va Aleksandr Nedovesov Osiyo o‘yinlarining yakkalik bahslarida ishtirok eta olmaydi.
Izoh (0)