LG kompaniyasi o‘zining flagman smartfoni LG G3 uchun o‘rnatilgan yangi reklama banneri bilan “Dunyodagi eng katta reklama banneri konstruksiyasi” uchun Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin egalladi. Bu haqda Mail.Ru sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Ushbu reklama banneri Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida, qirol Xolid aeroporti yaqinda o‘rnatildi. Uning uzunligi 240 metr, balandligi 12 metr, og‘irligi esa 1800 tonnani tashkil etadi.
Qirol Xolid aeroportiga har yili 20 million kishi tashrif buyuradi va ularning har biri bu reklama bannerini ko‘radi. LG ushbu reklama joyi sabab yiliga qo‘shimcha 25 million dollar foyda ko‘rishiga ishonmoqda. Kelajakda kompaniya bu reklama o‘rnida boshqa mahsulotlarining reklama bannerlarini joylashtiradi.
Eslatib o‘tamiz, LG G3 smartfoni O‘zbekistonda 17-avgust holatiga ko‘ra 1 800 000 so‘mdan sotilmoqda. Smartfonning texnik xususiyatlari bilan ushbu maqolada tanishishingiz mumkin.
Izoh (0)