O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Gidrometeorologiya xizmati markazi 19—20-sentabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotlarini taqdim etdi. Bashorat markazning rasmiy saytida berildi.
Unga ko‘ra, respublikaning deyarli barcha viloyatlari, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham havo o‘zgarib turadi. Umumiy olganda, O‘zbekistonning barcha hududida ob-havo harorati pasayishi kutilmoqda.
Toshkent viloyatida 19-sentabr kuni havo harorati kechasi 9—11 daraja, kunduzi 20—22 daraja issiq bo‘ladi. 20-sentabr kuni havo biroz bulutli bo‘lib, kechasi 6—8 daraja, kunduzi 22—24 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida 19—20-sentabr kunlari havo harorati kechasi 4—9 daraja, kunduzi 18—23 darajagacha pasayishi mumkin.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida 19—20-sentabr kunlari havo harorati kechasi 6—11 daraja, kunduzi 20—25 daraja issiq bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 19—20-sentabr kunlari havo harorati kechasi 6—11 daraja, kunduzi 20—25 darajagacha pasayishi mumkin.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 19—20-sentabr kunlari havo harorati kunduzi 23—28 daraja issiq bo‘ladi. Kechki havo haroratining 19-sentabr kuni 11—16 daraja, 20-sentabr kuni esa 8—13 darajagacha pasayishi ehtimoli bor.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 19—20-sentabr kunlari havo harorati kunduzi 20—25 daraja issiq bo‘ladi. Kechki havo harorati 19-sentabr kuni 13—18 daraja, 20-sentabr kuni esa 6—11 darajagacha pasayadi.
Izoh (0)