Hindiston qishloqlarining birida kichik buzoq dunyoga keldi. Peshonasida uchinchi ko‘zi bo‘lgan buzoqqa Shiva deb nom berishdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: kratko-news.com

Foto: kratko-news.com

Uch ko‘z bilan dunyoga kelgan buzoqqa Hinduizm xudosining ruhi o‘tgan deb hisoblashmoqda. Hozirda “mo‘jizaviy sigir” ko‘plab tashrifchilarning qiziqishiga sabab bo‘lib, hurmat va muhabbatga ko‘milmoqda. Odamlar unga qo‘l tekkizib, omadlari kulishiga ishonmoqda.