Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, Oliy Liga, O‘zbekiston Birinchiligi va Yoshlar Birinchiligi bahslarida ishtirok etuvchi bir qator futbolchilarga intizom choralari ko‘rildi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
Oliy Liga
Toshkentning “Lokomotiv” klubi hujumchisi Aleksandr Geynrix 19-turda “Andijon”ga qarshi bahsda raqib oyog‘iga zarba bergani uchun ikki o‘yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.
Yoshlar Birinchiligi
“Paxtakor” yarim himoyachisi Sherzod Karimov 18-turda “Olmaliq” klubiga qarshi o‘yinda raqib oyog‘iga zarba bergani uchun ikki o‘yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.
Birinchi Liga
“Xorazm” himoyachisi Ma’mur Abdullayev “Uz-Dong-Ju” klubiga qarshi o‘yinda raqibining boshiga atayin zarba bergani uchun uchta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
“Zomin” murabbiyi A. Umarov “Istiqlol” klubiga qarshi o‘yin yakuniga yetgach, hakamlar sha’niga haqoratli so‘zlarni ishlatgani bois jarimaga tortildi.
“Oqtepa” yarim himoyachisi Sergey Rekun “Sherdor”ga qarshi 7-tur bahsida hakamni haqorat qilgani uchun uchta o‘yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.
Izoh (0)