Shu yilning 10-dekabr sanasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Quvayt termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi rasmiy sayti tarqatgan ma’lumotga asoslanib, Uff.uz xabar bermoqda.
O‘yin O‘zbekiston termasining Dubay shahrida bo‘ladigan o‘quv-mashg‘ulotlari paytida o‘tkaziladi. Bundan tashqari, Mirjalol Qosimov shogirdlari Falastin (13-dekabr) va Iroq (28-dekabr) termalari bilan ham o‘ynaydi.
Umuman, O‘FF O‘zbekiston terma jamoasi uchun kerakli bir qator o‘quv-yig‘inlari va o‘rtoqlik o‘yinlarini tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Avstraliya davlatida o‘tadigan Osiyo chempionatida O‘zbekiston termasi “B” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Saudiya Arabistoni, Xitoy va KXDR bilan o‘ynaydi.
Izoh (0)