Tailand poytaxti Bangkok shahrida davom etayotgan o‘smirlar (U-16) o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 14-sentabr kuni chorak final uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugungi o‘yinda g‘alaba qozongan jamoalar JCh — 2015 yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Shu bois bugungi o‘yinlarga bo‘lgan qiziqish juda ham yuqori, deb qayd etdi “Olamsport”.
Bugun o‘z guruhida yetti ochko bilan birinchi o‘rinni egallagan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi “D” guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan Suriya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18.00 da boshlanadi.
Chorak final juftliklari:- 13.30. Janubiy Koreya — Yaponiya
- 13.30. Avstraliya — Malayziya
- 18.00. O‘zbekiston — Suriya
- 18.00. Eron — KXDR
Izoh (0)