Bugun Ukraina hukumati Minsk shahri (Belorussiya)da “Lugansk xalq respublikasi” va “Donetsk xalq respublikasi” vakillari bilan Donbassda o‘q otishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladi. Bu haqda Euronews’ning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
14 banddan iborat bayonnomaga ko‘ra, Donbassda 5-sentabr kuni soat 18:00 dan boshlab o‘q otish to‘xtatiladi. Bayonnomada, shuningdek, nazorat qilishning barcha jihatlari, asirlarni almashish singari bir qator masalalar ham yoritib berilgan.
Izoh (0)