Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari uyushmasida internet sohasini huquqiy jihatdan tartibga solishga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Ictnews.uz.

Foto: mind-mine.eu

Foto: mind-mine.eu

Majlisda IT-uyushma a’zolari, mahalliy IT-kompaniyalar va elektron OAVlar vakillari, bloggerlar qatnashdi.

Ular internetda axborot tarqatishni huquqiy jihatdan samarali tartibga solish, internetda milliy segmentni yanada rivojlantirish hamda uni dolzarb va ishonchli ma’lumot bilan to‘ldirish masalalarini muhokama qildi.

Majlisda nutq so‘zlaganlar yaqinda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan, bloggerlar faoliyatini tartibga solishning huquqiy asoslarini shakllantiruvchi, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish haqidagi qonunni tilga oldi.

Nashrning ta’kidlashicha, qonun bloggerlar faoliyatini, majburiyatlar ro‘yxatini aniq qilib ko‘rsatgan holda, osonlashtiradi.

Xalqaro tajribani tahlil etgan holda, so‘zga chiqqanlar parlament tomonidan qabul qilingan qonun boshqa davlatlardagi bunday qonunlarga nisbatan ancha liberal va demokratik ekanini qayd etishdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov