Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev respublikaning Bojxona ittifoqiga a’zo bo‘lish qarorini to‘g‘ri va tekshirilgan deb hisoblaydi.

Foto: mir.kg

Foto: mir.kg

“1-yanvargacha Bojxona ittifoqining to‘la huquqli a’zosiga aylanishni xohlardik”, — dedi u Qirg‘iziston Mustaqillik kunida Bishkekdagi markaziy maydonda.

“RIA Novosti” eslatishicha, Qirg‘iziston 2011-yilda Bojxona ittifoqiga qo‘shilish niyatini bildirgan. 2014-yil 29-mayda Ostonadagi oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashida Qirg‘izistonning Bojxona ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha tadbirlar rejasi haqida bayonot imzolangan.

Qirg‘iziston va Rossiya Federatsiyasi Yevrosiyo iqtisodiy integratsiyasi sharoitida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish haqida hukumatlararo bitimni ham imzolagan. Yaqinda Qirg‘iziston hukumati respublika Bojxona ittifoqiga a’zo bo‘lgunicha qabul qilishi zarur bo‘lgan qonun loyihalari ro‘yxatini bir ovozdan ma’qulladi va parlamentga ko‘rib chiqish uchun yubordi.

Atambayev integratsion birlashuvga qo‘shilish bilan teng bo‘lgan boshqa muqobil chora yo‘qligi, aks holda mamlakat izolyatsiyaga tushib qolishini ta’kidladi. “Umid qilamanki, parlament hukumat tomonidan tasdiqlanib bo‘lgan Bojxona ittifoqiga qo‘shilish uchun zarur hujjatlarni sinchkovlik bilan muhokama qilib, ma’qullaydi”, — dedi u.

31-avgust, yakshanba kuni Mustaqillik kuni munosabati bilan Bishkekdagi markaziy maydonda mamlakat tarixi haqida so‘zlab beruvchi teatrlashtirilgan namoyish bo‘lib o‘tdi. Poytaxtdagi bog‘lar va maydonlarda xalq sayllari bo‘lib, bayram konsertlari va milliy o‘yinlar o‘tkazildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak