Microsoft kompaniyasining Windows Phone Store internet-do‘koni uchun chiqargan yangi qoidalari natijasida 1500 ta soxta dastur o‘chirib yuborildi. Bu haqda Mashable ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Microsoft kompaniyasining dasturlar uchun yangi qoidalari uchta muhim banddan iborat bo‘lib, ulardan birinchisida, dasturlar aynan nima uchun ishlatilishiga qarab imkoni boricha tushunarli nomlanishi belgilandi.
Ikkichidan, yangi dastur maqsadi va nima uchun foydalanilishiga qarab o‘z rukniga joylanishi kerak. Hamda uchinchi bandda, dastur ikonkasi boshqa dasturlar bilan juda o‘xshash bo‘lmasligi shart, deya qayd etildi.
Ko‘pchilik developerlar yangi qoidalarga rozi bo‘lgan. Ayrimlari esa yo‘q, shu bois Microsoft bir qancha dasturlarni o‘chirib yuborishiga to‘g‘ri kelgan.
Izoh (0)