Rossiya liberal-demokratik partiyasi (RLDP) yetakchisi Vladimir Jirinovskiy mamlakatda siyosiy partiyalar faoliyatini taqiqlash va saylov asosidagi monarxiyaga o‘tish taklifi bilan chiqdi, deb “ITAR-TASS” xabar bermoqda.
Jirinovskiy “Seliger” nomli butunrossiya yoshlar forumida “Demokratiya bizni xarob qiladi. Bizda demokratiya ekan, sudralishda davom etamiz. Sudralish emas, odimlash uchun demokratiyani chetga surib, mamlakatni imperiya shaklida boshqarishga o‘tish kerak”, — deb aytdi.
Demokratiya va ko‘p partiyaviylik kuchsiz davlatlarda o‘rnatilishini ta’kidlagan RLDP yetakchisi barcha partiyalarni taqiqlab, 5000—6000 kishi qatnashadigan saylovga asoslangan monarxiyaga o‘tish kerakligini qayd etdi: “Eng yaxshilar yig‘ilib, imperatorni saylaydi!”
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Vladimir Jirinovskiy Rossiyaning uch rangli bayrog‘ini qora, sariq va oq rangli imperiya bayrog‘iga, milliy madhiyani esa “Boje, sarya xrani” (“Xudo, podshohni asra”) qo‘shig‘iga o‘zgartirish, Putinga “Oliy hukmdor” unvonini berish tashabbusi bilan chiqqan edi.
Izoh (0)