Britaniya telekanallarida aytilishicha, Islandiyada Bardarbunga vulqoni otila boshlagani munosabati bilan vulqon joylashgan hududda aviatsiya uchun “qizil ogohlantirish” e’lon qilindi. Ogohlantirish, asosan, Islandiya ustidan parvozni amalga oshiruvchi fuqarolik aviakompaniyalariga tegishlidir. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar bermoqda.
Hozircha vulqon otilishining Bardarbunga hududidagi havo kemalari harakatiga qanday ta’sir o‘tkazishini prognoz qilish mushkul. Vulqon tutuni samolyot dvigatellariga xavf solishi mumkin.
So‘nggi kunlarda Bardarbunga hududida yer silkinishi juda ko‘p marotaba kuzatilgan edi. Ularning ichida eng kuchlisi 4,5 magnituda bilan sodir bo‘ldi. Islandiya hukumati vulqonga yaqin joylardagi odamlarni evakuatsiya qilib, Bardarbungga boradigan yo‘llarni yopib qo‘ydi.
Vulqon xavfining “olovrang” darajasi (to‘rt darajadan uchinchisi) 18-avgust kuni e’lon qilindi. So‘nggi — “qizil” daraja vulqon otila boshlanganda e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun, Bardarbunga vulqoni so‘nggi bor 1910-yilda harakatga kelgan.
Izoh (0)