Qualcomm kompaniyasi dunyodagi ilk sakkiz yadro va 64 bitli protsessor – Snapdragon 615’ni e’lon qildi. Taxminlarga ko‘ra HTC Desire lineykasidagi yangi smartfonda ushbu protsessor ishlatiladi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
4-sentabr kuni HTC kompaniyasi “HTC’ning nonushtasida keyingi smartfonlar uchun nima yangilik bo‘lishini ko‘ring” deya Berlindagi IFA-2014 ko‘rgazmasi davomida bo‘lib o‘tadigan tadbiriga taklif qilmoqda.
Aynan shu tadbir kuni HTC kompaniyasining ilk sakkiz yadroli hamda 64 bitli protsessorga ega smartfoni taqdim etilishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, ushbu protsessor Desire lineykasida yaqinda taqdim etilishi kutilayotgan, ishchi nomi A11 bo‘lgan smartfonga o‘rnatiladi.
Eslatib o‘tamiz, sentabr boshida Sony, Samsung, Motorola va Apple kompaniyalari ham taqdimotlar tashkil etishni rejalashtirgan.
Izoh (0)