Caviar kompaniyasining Putin surati tushirilgan tilla iPhone 5s’lari bir kunda sotilib ketgan edi. Bunday smartfonlarga talab kattaligini hisobga olib, Caviar smartfonlarning ikkinchi partiyasini ham chiqarmoqchiligi haqida avval xabar bergan edik.
Mail.Ru xabar berishicha, Caviar kompaniyasi ikkinchi partiya sifatida Ti Supremo Putin – “Putinofon-2” smartfonlarini ishlab chiqardi. Yangi smartfon avvalgisiga o‘xshab oltindan emas, balki titandan ishlangan. Yangi smartfonda Rossiya prezidenti hamda Moskva Kremli tasvirlangan.
Talabning ko‘pligi sabab, 499 ta Caviar Ti Supremo Putin smartfonlari ishlab chiqarilgan. Yangi smartfon tilladan ishlanganiga nisbatan ko‘proq ishlab chiqariladi va uning narxi 119 000 rubl (3320 AQSh dollari)ni tashkil etadi.
Izoh (0)