Rim shahrida 43 davlatdan kelgan 500 nafardan ziyod sportchi ishtirokida o‘tkazilgan an’anaviy taekvondo bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston vakillari munosib ishtirok etdi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Artyom Li kompleks mashq bajarish bo‘yicha oltin, yakkama-yakka bahslarda kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Baxtiyor Odilov vazni 80 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Umidli yosh taekvondochilardan bo‘lgan Jahongir Rashidov va Diyor Shavkatov bronza medal bilan taqdirlandi.
Izoh (0)