Nyu-York politsiyasi Bolqon yarimoroli shimolidagi qadimgi Frakiya viloyatida miloddan avvalgi 515—480-yillarda zarb qilingan beshta kumush tangani Gretsiya hukumatiga qaytardi. Bu haqda megapolis vakillari bergan axborotga tayanib, “ITAR-TASS” xabar bermoqda.
Manxettendagi okrug prokurori Sayrus Vensning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘irlangan tangalar ularni sotib olgan shaxs — Rod-Aylend shtatida istiqomat qiluvchi kolleksioner Arnold Piter Vaysdan olib qo‘yilgan.
2012-yil numizmat (tangalar tarixini o‘rganuvchi shaxs)larning Nyu-Yorkka safari chog‘ida o‘zini tanishtirmagan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Vaysga Sitsiliya orolidagi Agrijento shahrida bosib chiqarilgan, keyinchalik o‘g‘irlangan tangalarni xarid qilish taklif etiladi. Aslida ular tangalarning yuqori sifatli nusxalari bo‘lgan.
Vays taklifga rozi bo‘lishi bilanoq hibsga olinadi. Jazoni kamaytirish evaziga numizmat aybini tan olib, kolleksiyasidagi 23 ta o‘g‘irlangan tangadan voz kechdi. Ulardan beshtasi dushanba, 4-avgust kuni Gretsiyaning AQShdagi elchisi Kristos Panagopulosga topshirildi.
“Nyu-York okrug prokuroridan bizga qaytarilgan tangalar qadimgi moddiy madaniyatning yuqori toifali predmeti, Gretsiya tarixi va madaniyatining bir qismi hisoblanadi”, — deyiladi elchining bayonotida. Uning ma’lum qilishicha, tangalar Gretsiyada tarixchilar tomonidan o‘rganilgach, Afina muzeyidan joy oladi.
Izoh (0)