Kelasi yil Ispaniyaning ikki “Real” hamda “Barselona” jamoalari Osiyoning bir qator davlatlarida o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishlari mumkin. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
Ularni Xitoy, Yaponiya, Indoneziya va Janubiy Koreya davlatlarida o‘tadigan tijorat musobaqalariga taklif qilishmoqda.
Ushbu musobaqalarni tashkillashtiradigan korxona rahbarlari ikki jamoaga ham bir necha 10 million yevro daromadni va’da qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta “Real” jamoasi Osiyo davlatlariga 2010-yilda safar qilgandi. So‘nggi besh yilda bo‘lsa, “Qirollik klubi” AQShga sayohat qilyapti.
Izoh (0)