Bugun Norvegiyaning Tromse shahrida davom etayotgan 41-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Dastlabki ikki turda Kipr va Daniya terma jamoalarini mag‘lub etgan o‘zbekistonlik erkaklar jamoasi bugun, 4-avgust kuni 3-tur uchrashuvida braziliyalik shaxmatchilar bilan hisob-kitob qiladi.
Gondurasni mag‘lub (4:0) etib, Latviya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan O‘zbekistonning ayollar terma jamoasi esa bugun serbiyalik dugonalari bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi.
Eslatib o‘tamiz, 41-Butunjahon shaxmat olimpiadasi 1-avgustda boshlangan bo‘lib, 15-avgustga qadar davom etadi.
Izoh (0)