Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Bolgariyadagi Lovech shahrida hayvonot bog‘idan yaguar qochib ketdi. Uni tutish uchun olti soat urinishdi, oxiri uni otishga to‘g‘ri keldi, deya xabar berdi “ITAR-TASS”.

Foto: “ITAR-TASS”

Foto: “ITAR-TASS”

Lovech politsiyasi xabariga ko‘ra, hayvonot bog‘i xodimi yaguarning qafasini bekitishni unutgan, natijada yaguar qafasdan qochib chiqib ketgan. Politsiya bog‘ yaqinida joylashgan tuman aholisini evakuatsiya qilgan.

Yirtqichni tutish uchun 50 kishi jalb qilindi. Olti soat davomida kuchli uyqudori otadigan qurollar va jangovar patronlar bilan yaguarni tutishga urinishdi, biroq uni uyquga ketkizib, qafasga qaytarish rejasi amalga oshmadi. Hayvon bog‘ devoridan oshib chiqib ketmasligi uchun uni otib o‘ldirishga to‘g‘ri keldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qozog‘iston Ukraina viloyatlarining Rossiyaga qo‘shilishi bo‘yicha referendumlarni tan olmasligini ma’lum qildi
Mahalliy
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi aholi murojaatlarini Telegram-bot orqali qabul qilishni boshlaganini ma’lum qildi
Dunyo
“Farzandlaringizni o‘limga yubormaslik uchun kurashing”. Zelenskiy — Dog‘istondagi safarbarlikka qarshi namoyishlar haqida