Strategy Analytics tadqiqotchilari 2014-yilning ikkinchi choragi yakunlariga ko‘ra butun dunyo bo‘ylab sotilgan smartfonlar statistikasini e’lon qildi. Bu haqda TechCrunch ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Statistikaga ko‘ra, ikkinchi chorak davomida butun dunyo bo‘ylab jami 295,2 million dona smartfon sotilgan va ularning 84,6 foizi Android operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalar bo‘lgan.
Ta’kidlash joiz, o‘tgan yilning ikkinchi choragida 233 million dona smartfon sotilgan edi.
Android qurilmalaridan keyingi o‘rinlarni Apple, Microsoft va BlackBerry smartfonlari egallagan. Butun chorak davomida 249,6 million dona Android, 35,2 million dona iOS, 8 million dona Windows Phone, 1,9 million dona BlackBerry va yarim millionta boshqa operatsion tizimda ishlaydigan smartfonlar sotilgan.
Izoh (0)