Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Yevropa Ittifoqi yana sakkiz kishi va uchta kompaniyaga nisbatan sanksiyalar tarqatdi. Yangilangan sanksiya ro‘yxati YeI Rasmiy jurnalida e’lon qilindi, deya xabar berdi Newsru.com.

Foto: newsru.com

Foto: newsru.com

Sanksiyalar Rossiya Federatsiyasi prezidenti ma’muriyati rahbarining o‘rinbosari Aleksey Gromov, biznesmenlar Arkadiy Rotenberg, Yuriy Kovalchuk, Nikolay Shamalov va Konstantin Malofeyevga nisbatan qo‘llanildi.

Ro‘yxatga ukrainalik ayirmachilar rahbariyati vakillari ham kiritildi. Xususan, “Donetsk xalq respublikasi” Oliy kengashi raisi Boris Litvinov va “Lugansk xalq respublikasi” hukumati matbuot kotibi Oksana Chigrina sanksiyalarga uchradi.

Shuningdek, Qrim ichki ishlar vaziri Sergey Abisov ham ro‘yxatdan o‘rin oldi.

Sanksiyalar Rossiya xalq tijorat banki, “Almaz-Antey” zavodi va Qrimga arzon reyslar tashkil qiluvchi “Dobrolyot” aviakompaniyasiga nisbatan ham joriy qilindi.

Shu tariqa, sansiyaga uchraganlar ro‘yxatidan jami 95 nafar jismoniy shaxs va 23 ta korxona o‘rin oldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi