27-iyul kuni “Umra — 2014” Ramazon mavsumining Farg‘ona vodiysi, Buxoro va Samarqand viloyatlari ziyoratchilaridan iborat guruhi kutib olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning axborot xizmati xabar berdi.
Ziyoratchilar O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Prezident Islom Karimovga e’tiqodchilarga ajratilgan e’tibor uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Ayni damda o‘zbekistonlik 249 nafar ziyoratchi Makka shahrida bo‘lib, ularga ishchi guruhning ikki xodimi, bir shifokor va bir nafar oshpaz xizmat qilmoqda.
O‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun Madina shahrida muqaddas qadamjodan 25 metr uzoqlikdagi “Abroj al-Majidiy” hamda Makka shahrida Haramga yaqin masofada joylashgan “Al-Bashara Mavadda” mehmonxonalari band qilingan. Ular umra ibodatlarini uch kecha-yu to‘rt kunduz Madinada to‘la-to‘kis amalga oshirgach, Makkaga yo‘l olishgan.
Izoh (0)