O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov sentabr oyida Inchxon shahrida start oladigan Osiyo o‘yinlariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan bir vaqtda uning faoliyati Dubay va Qozog‘istondagi futbol jamoalari tomonidan kuzatilmoqda, deb xabar berdi Uff.uz.
Dubay shahri ma’muriyatiga juda yaqin bo‘lgan, BAA davlatida yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan o‘zbekistonliklardan olingan norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Dubay shahri nomini himoya qiladigan klublardan biri Mirjalol Qosimovni kuzatmoqda. Aniqrog‘i, ularda terma jamoa murabbiyiga taklif bilan chiqish rejasi bor.
Buning uchun Qosimov O‘zbekistondagi barcha terma jamoalardan ozod bo‘lishi kerak. Arablar esa aynan shuni kutmoqda. Ular Qosimovga kuchli murabbiy sifatida qarayapti.
Bundan tashqari, Mirjalol Qosimov bilan Qozog‘iston klublari ham qiziqayotgani haqida ma’lumotlar bor.
Eslatib o‘tamiz, bir hafta davomida 1991-yilda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi futbolchilardan iborat terma jamoa kerakli yig‘inlarni olib bordi. O‘tkazilgan barcha o‘rtoqlik o‘yinlarida g‘alaba qayd etildi. Bu esa, Qosimovning to‘g‘ri yo‘ldan ketayotgani, shu bilan birgalikda, yosh, yangi jamoa shakllanayotganini anglatmoqda.
Izoh (0)