Garri Potter haqidagi sakkiz filmning barchasi uchun suratga olish maydonchasi sifatida xizmat qilgan Livsdendagi “Xertfordshir” kinostudiyasida joylashgan Garri Potter muzeyi o‘tgan yili 54,5 million dollar ishlab topdi. Bu haqda “Kun” xabar berdi.
The Guardian xabariga ko‘ra, bu muzey tashkil etilgan 2012-yildagi ko‘rstakichdan 65,8 foizga ko‘proq.
Muzeyda Garri Potter haqidagi filmlarda ishlatilgan liboslar va buyumlarni tomosha qilish, shuningdek, Xogvarts afsungarlar maktabining bosh zalida sayr qilish mumkin.
Ma’lumot uchun, Livsdendagi studiyada avvalboshda samolyotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod bo‘lgan. Bu yerda ilk film — Bondiananing “Oltin ko‘z” nomli 17-qismi 1995-yilda suratga olingan.
Izoh (0)