Facebook moliyaviy hisobotining aksiyalar bozoriga ko‘rsatgan ijobiy ta’siri natijasida ijtimoiy tarmoq asoschisi Mark Sukerberg boyligi bo‘yicha Google asoschilaridan o‘zib ketdi. Bu haqda Mashable portaliga asoslanib, “Kun” xabar bermoqda.
Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi va bosh direktori Mark Sukerberg Bloomberg axborot agentligining milliarderlar reytingida 16-o‘ringa ko‘tarilib olgan.
Uning boyligi axborot agentligi tomonidan 33,3 milliard dollarga baholanmoqda. Hozirgi vaqtda Facebook’ning bir dona aksiyasi narxi 74,98 dollarga teng.
Ayni vaqtda, Google asoschilaridan biri Larri Peyjning boyligi 33,2 milliard dollarni, boshqasi – Sergey Brinning boyligi esa 32,9 milliard dollarni tashkil etadi.
Agar Facebook qimmatli qog‘ozlaridan bir donasining narxi 200 dollarga chiqsa, Sukerberg Microsoft asoschisi Bill Geytsni ham ortda qoldirgani holda, sayyoraning eng badavlat odamiga aylanadi.
Izoh (0)